KXDR raketa tizimlarini kuchaytirmoqda

Yaponiya mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, KXDR o‘ta yuqori tezlikdagi raketalar bilan qurolli kuchlarini rivojlantirishda davom etmoqda.
"O‘ta yuqori tezlikdagi raketalar bilan texnologiyalarni rivojlantirish davom etmoqda. So‘nggi yillarda KXDR qator tovushdan tez va o‘z trayektoriyasini o‘zgartira oladigan raketalar sinovini o‘tkazdi" ,— deyiladi vazirlik axborotnomasida. Ushbu sinovlar Yaponiya xavfsizligiga katta tahdid tug‘dirishi taʼkidlangan.
Shimoliy Koreya shu yil boshidan buyon 20 marta raketa uchirdi. Ular orasida qitʼalararo ballistik raketa prototipi ham bor. Shu bilan birga Pxenyan yadro sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgani taxmin qilinmoqda.






