Lamborghini gibrid va elektromobillarga o'tadi

Dunyoga mashhur avtomobilsozlik giganti Lamborghini 2025-yildan boshlab elektr giperkaralarni ishlab chiqaradi.

Kompaniya asta-sekin elektromobillarga o'tadi, 2021-yildan 2022-yilgacha Aventador, Huracan va Urus avtomobillari seriyalari yangilanadi, shuningdek V12 dvigatellari bo'lgan ikkita model chiqariladi.

Birinchi gibrid avtomobil 2023-yilda ishlab chiqariladi va 2024-yilga kelib kompaniyaning barcha giperkarlari gibrid installyatsiyalarga o'tkaziladi.

Lamborghini elektromobillari 2025–2030 yillarda ishlab chiqariladi.

Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda ham so'nggi yillarda haydovchilarning elektr transport vositalariga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda. Bugungi kunda yo'llarda Xitoy ishlab chiqaruvchilarining turli xil elektr transport vositalarini, shuningdek, Tesla brendi ostida jahonga mashhur mashinalarni ko'rishimiz mumkin.