Latviya delegatsiyasi O'zbekistonga keldi

"Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada qatnashish uchun Latviyadan qishloq xo'jaligi vaziri Kaspars Gerxards boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi.

Latviya delegatsiyasi a'zolari bunday muhim anjumanda ishtirok etishdan amaliy foyda kutishlarini ta'kidladi. Shuningdek, ular ushbu konferentsiya nafaqat Latviya, balki butun Yevropa Ittifoqi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini qo'shimcha qilib aytdilar.

Ta'kidlash joizki, Latviya delegatsiyasi respublikaning vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar o'tkazadi va O'zbekiston-Latviya hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.