Latviya Elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini tugatdi

27-iyul kuni Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mixails Popkovsni qabul qildi.
TIV rahbari Elchining Toshkentdagi diplomatik vakolatxona rahbari lavozimida ishlagan chog‘ida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.
M.Popkovs Latviyaning O'zbekistondagi Elchisi sifatida, unga doimiy yordam ko‘rsatilgani va samarali hamkorlik uchun minnatdorligini izhor etdi.






