Latviya majburiy harbiy xizmat tartibiga qaytadi

Latviya yaqin besh yilda umumiy harbiy xizmat majburiyati tartibini qayta tiklamoqchi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Artis Pabriks maʼlum qildi.

“Latviya qurolli kuchlar tizimida xizmat qilishning joriy tizimi o‘zini oqlamaydi. Shu sababli yaqin besh yilda mamlakatni himoya qilish xizmati paydo bo‘lishi kerak. U dastlab ixtiyoriy, keyinchalik majburiy bo‘ladi”, – degan vazir.

Latviya mudofaa vazirligi 2023-yil 1-yanvardan boshlab ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga olishni boshlaydi. 2028-yildan bu to‘liq majburiy tizimga o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Mamlakatda 2006-yilda majburiy chaqiruv tartibi bekor qilingandi.