Latviyada o'zbek savdo uyining ochilishi

10 sentyabr kuni Latviya poytaxti Riga shahrida O'zbekiston savdo uyining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Q.Sultonov, Latviya Investitsiyalar va taraqqiyot agentligi boshlig‘i K.Royalns hamda Latviyadagi O‘zbekiston savdo uyi uyi asoschisi V.Galperin va boshqalar ishtirok etdi.

Savdo uyida ko‘rgazma zalini yaratish nazarda tutilgan bo‘lib, bu erda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining tovarlari namunalari, asosan, to‘qimachilik, poyabzal, chinni, mebel, tibbiy buyumlar, qandolat mahsulotlari, elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari namoyish etiladi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov o‘zining tabrik so‘zida, Latviya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning muhim sheriklaridan biri ekanligini va O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikning ko‘p qirrali rivojlanishini doimo qo‘llab -quvvatlab kelishini ta’kidladi.

So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Qadamboy Sultonov so‘zga chiqdi va yig‘ilganlarga O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati, eksport komponentiga e’tibor qaratib, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish vazifalari haqida ma’lumot berdi.