Lavrov G'arb to'lov tizimlaridan voz kechish zarurligini aytdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov dollar bilan hisob-kitob qilishdan va "G'arb tomonidan nazorat qilinadigan" to'lov tizimlaridan foydalanishdan voz kechish kerak, deb hisoblashini aytib o’tdi. U Xitoyga tashrifidan oldin Xitoy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida Rossiya va Xitoy shu tariqa sanksiyalarni kiritish bilan bog'liq xavflarni kamaytirishi kerakligini aytgan edi.

"G'arb tomonidan nazorat qilinadigan xalqaro to'lov tizimlaridan foydalanishdan voz kechish kerak", deya yetkazmoqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi veb-sayti Lavrovning so’zlarini.

Shuningdek, u "milliy valyutalarda va dollarga alternativ bo’lgan jahon valyutalarida hisob-kitobni yuritish orqali o’zining texnologik mustaqilligini mustahkamlash yo’li bilan sanksiya xavflarini kamaytirish” zarurligini ta’kidlab o’tdi.

Dekabr oyida Reuters, o'sha vaqtda hali AQSH prezidentlik lavozimiga o’tmagan Jo Baydenning jamoasi Rossiyaga ta’sir ko’rsatishning bir necha usullarini o’rganayotganligi to’g’risida xabar bergan edi.  Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchisi Jeyms Lyuis agentlikka Rossiyani banklararo SWIFT tizimidan uzish yanada keskin usullardan biri bo'lishini ta'kidlagan edi.