Lavrov Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz ittifoqi haqida gapirdi

Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston gaz shartnomasini muhokama qilishda oldinga siljidi. Agar ushbu shartnoma amalga oshsa, har bir tomon uchun foydali boʻladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi.

“Uch davlat – Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston, jumladan, Prezidentlar darajasida ushbu keng koʻlamli, shubhasiz, energiya xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladigan, loyihani muhokama qilishda faol olgʻa siljishdi. Ushbu shartnoma amalga oshsa, hamma tomon uchun foydali boʻladi”, dedi u MDH TIVK majlisidan soʻng bergan intervyusida.

Lavrovga koʻra, gaz yetkazib beruvchi bor, ushbu gazni xarid qilish istagida boʻlganlar ham bor. Tomonlar ham tranzit shartlari, ham narxlari boʻyicha oʻzlarini qanoatlantirgan shartlarda kelishib olsa — bundan hamma yutadi.