Laziz Kudratov Strategik rivojlanish agentligiga boshchilik qiladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari Laziz Kudratov yangi tashkil etilgan strategik rivojlanish agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Strategik rivojlanish agentligi joriy yilning iyul oyida qayta tiklandi va uning vazifasi tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb qilish va loyihalarni amalga oshirish masalalarini o'rganishdir.

Eslatib o'tamiz, Laziz Qudratov 2018-yildan O'zbekiston investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari, 2019-yil yanvar oyida esa investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlangan.