LinkedIn-yana bir IT giganti O'zbekistonda soliq to'lovchilar qatoriga qo'shildi

Davlat soliq qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, LinkedIn - biznes aloqalarni yo'lga qo'yishga qaratilgan ijtimoiy tarmog'i O'zbekiston soliq to'lovchilar qatoriga kirdi.

Sizlarga ma'lumki, 2020-yildan boshlab jismoniy shaxslarga elektron xizmatlar ko'rsatuvchi xorijiy kompaniyalar respublika soliq tizimiga qo'shilishlari shart.

Bu shuni anglatadiki, xizmatlarni to'lashda ushbu kompaniyalarga 15% miqdorida QQS qo'shiladi.

Bugungi kunda Google, Yandex, Samsung, Apple, Netflix va boshqalar kabi 27 kompaniyalari ro'yxatdan o'tgan.