Lionel Messi «The Best» sovrinini qo'lga kiritdi

Argentina terma jamoasi sardori Benzema va Mbappeni ortda qoldirib, nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi.

Argentina va PSJ super yulduzi o'z mamlakatini FIFA Jahon chempionatida chempionlik sari yetaklagan yildan so'ng taqdirlandi. Messiga Parijdagi The Best FIFA Football Awards™ mukofoti Kilian Mbappe va Karim Benzemani ortda qoldirgan holda topshirildi.

Mukofot uchun terma jamoalar murabbiylari va sardorlari, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab ekspert jurnalistlar va muxlislar ovoz berishdi. Messi shuningdek, The Best 2019 mukofotini ham qo'lga kiritgan. U Krishtianu Ronaldu va Robert Levandovskidan keyin ikki marta mukofotni qo'lga kiritgan uchinchi futbolchiga aylandi.