«Liverpul»ni kim va qanchaga sotib olmoqchiligi malum bo'ldi

Forbes reytingi bo'yicha dunyoning eng boy sakkizinchi odami, hindistonlik milliarder Mukesh Ambani «Liverpul» futbol klubini sotib olishga qiziqmoqda. Unga Yaqin Sharq va AQSh kompaniyalari raqobatlik qilishlari mumkin.
Klub egasi - Fenway Sports Group (FSG) uni 2010 yilda 300 million funt sterlingga sotib olgan. U 7-noyabr kuni futbol klubini sotishga tayyorligini e'lon qilgan edi. Ambani klubni 2010 yilda sotib olishga qiziqqan edi. Mirror xabariga ko'ra, klubning hozirgi egasi «Liverpul» uchun 4 milliard funt sterling (4,72 milliard dollar) olishni rejalashtirishmoqda.
Mukesh Ambani Hindistonning eng boy tadbirkori bo‘lib, Forbes reytingi bo‘yicha dunyodagi eng boy milliarderlar reytingida sakkizinchi o‘rinni egallaydi. Uning boyligi 94,7 milliard dollarga baholangan. Hindistonlik milliarder «Mumbay Indians» kriket jamoasiga egalik qiladi va Hindistonda Superliga futbolini yaratishda ishtirok etgan.
Ma'lumot o'rnida, «Mumbay Indians» hind kriketidagi eng muvaffaqiyatli jamoalardan biri va Ambani o'zi 2019 yilda Forbesning eng boy sport jamoalari egalari reytingida birinchi o'rinni egalladi. Ambani Reliance Industries xoldingini boshqaradi. Kompaniyaning asosiy daromad manbai - neftni qayta ishlash, chakana savdo (oziq-ovqat va elektronika) va telekommunikatsiya (4G mobil operatori Jio).






