Logistika - istiqbolli sohalardan biridir

Kuni kecha loyiha asoschisi Davron Abdullaev tomonidan “EMB INVEST GMBH” va “GT LOGISTICS INC” rahbari Eldor Islamovga Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etildi.
Shuningdek, taqdimot davomida korxona rahbari Eldor Islamov bilan logistika sohasida yangi hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilishi yuzasidan muzokaralar o’tkazilib, kelgusidagi rejalar ishlab chiqildi.
Ma’lumot o’rnida: GT LOGISTICS INC kompaniyasi o’z faoliyatini xalqaro ta’lim muassasalarini yakunlagan ko’plab yosh kadrlar bilan bog’lagan holda, jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy xizmatlarni yo’lga qo’ygan.






