Logistikaga oid yangi platformani ishga tushirdi

Ushu platforma O‘zbekiston logistika uyushmasi hamda Transport vazirligi hamkorligida ochildi
Transport va logistika sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida Oʼzbekiston logistika uyushmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi koʼmagida "Oʼzbekiston omborlari va logistika markazlari" raqamli skladi.uz platformasi yaratildi.
Ta'kidlanishicha, yangi portal tashqi savdo operatsiyalari hajmini oshirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Oʼzbekistonda yangi va zamonaviy omborlar hamda logistika markazlari qurilishiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Ma'lumot uchun, Jahon Banki tomonidan 2018-yilda chop etilgan logistika samaradorligi hisobotida O‘zbekiston 160 davlat orasida 99-o‘rinni egallagan.
Hisobotni ishlab chiqishda bojxona samaradorligi, transport infratuzilmasi sifati, xalqaro tashimalarni tashkil qilish osonligi, soha mutaxassislarining bilim va salohiyati, yuklarni kuzatish imkoniyati va yuklarni o‘z vaqtida yetkazish darajasi kabi me’zonlar hisobga olingan.






