London Ukraina temiryo‘llari uchun 10 million funt ajratadi

Buyuk Britaniya Ukraina temiryo‘llari tarmog‘ini tiklash maqsadida 10 million funt-sterling ajratadi.
Bu haqda Boris Jonson kanselyariyasi tarqatgan bayonotda so‘z boradi.
“Birlashgan Qirollik va uning hamkorlari Rossiya qamalini chetlab o‘tish bo‘yicha reja ishlab chiqmoqda hamda Ukraina bilan temiryo‘llarni tiklashda birgalikda ishlaydi. Oziq-ovqat inqirozi ortidan butun dunyoda 47 million kishi gumanitar halokat va ochlik bilan to‘qnashishi mumkin”, – deyiladi bayonotda.
Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan “katta yettilik” sammitida Boris Jonson joriy vaziyat xalqaro hamjamiyatning birlashgan holda ishlashi zarurligini taqozo etayotganini taʼkidlagan.






