Los-Anjeles – 2028 yozgi Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari

Ma’lum qilinishicha, Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (IPC) Boshqaruv kengashi Los-Anjeles – 2028 yozgi Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish uchun 22 sport turini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, ro’yxatda Para badminton, Bochcha, Koʻzi ojizlar futboli, Golbol, Para dzyudo, Para kanoe, Para ot sporti, Para stol tennis, Aravachada tennis, Aravachada qilichbozlik, Aravachada basketbol, Para kamondan otish, Para yengil atletika, Para pauerlifting, Para voleybol, Para suzish, Para akademik eshkak eshish, Para oʻq otish, Para taekvondo, Para triathlon, Aravachada regbi va Para velosport.

Los-Anjeles – 2028 yozgi Paralimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi, shuningdek, musobaqa dasturiga qoyaga chiqish va syorfing sport turlarini ham kiritishni oʻrganib chiqmoqda. Bu boradagi yakuniy qaror IPC Boshqaruv kengashi tomonidan 2023-yil oxirigacha qabul qilinadi.