Louis Vuitton egasi Bernard Arno dunyoning eng boy odamiga aylandi Mask esa ikkinchi o'rinda

Forbes talqini bo'yicha dunyoning eng boy odamlari ro'yxatida yetakchi o'zgardi. Qayd etilishicha, birinchi o'rinni Tesla egasi Ilon Maskdan oldinda Louis Vuitton egasi Bernard Arno egallagan. Uning real vaqtdagi boyligi 184 milliard dollardan oshgan. Maskning boyligi esa noyabrda 200 milliard dollardan pastlagan.
Ta’kidlanishicha, Twitter kelishuvidan keyin 74 milliard dollarga kamaygan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Bernard Arnoning oilasining boyligi 184,7 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Maskning boylig 184,5 milliard dollarni (2,45 foizga kamaydi) tashkil etgan.
P.S. Bernard Arno fransuz mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi LVMH (LVMH Moet Hennessy - Louis Vuitton) egasi. Kompaniya Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Kenzo, Moet & Chandon, Hennessy va boshqalar savdo belgilari ostida hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bosh qarorgohi Parijda joylashgan.






