Loyiha: kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar - TEXNOPARK

3 iyun kuni “TEXNOPARK” MChJda avtomatlashtirilgan kir yuvish mashinalari va savdo muzlatgichlarini ishlab chiqarish bo'yicha 2 ta yangi ishlab chiqarishning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish bo'yicha ishga tushirilgan loyiha quvvati yiliga 1 mln. donani, shuningdek, muzlatgichlarni ishlab chiqarish bo’yicha ishga tushirilgan loyiha quvvati yiliga 75 000 donani tashkil etadi.

Mazkur ishlab chiqarishlar aholining ichki talabini qondirish va xalqaro bozorlarni rivojlantirishga qaratilgandir.