«Hamkorligimiz kuchli va davomli bo'lishidan umid qilaman» - Nodir Ibatov

"Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasini dunyo miqyosiga olib chiqish, yurtimiz imidjini mustahkamlash va investitsion jozibadorligini ko'rsatish maqsadida bir qancha hamkorliklar yo'lga qo'yildi. Nodir Ibatov boshchiligidagi "Ibatov's Clinic" klinikasi ham 2-son homiylari qatoridan joy oldi.
Albatta har bir homiyni, ushbu loyihaning yuzi, imidji desak adashmaymiz. Nodir Ibatov ham o'z sohasining yorqin namoyondasi bo'lib, o'z yo'nalishining professionalidir. "Ibatov's Clinic" esa hozirda xalqaro maydonni zabt etmoqda va qator qo'shni mamlakatlarda o'z filiallarini ochmoqda.
Ushbu hamkorlik doirasida "Bright Uzbekistan" loyihasining navbatdagi sonini mukammal tashkil etish hamda "Ibatov's Clinic" klinikasini 50 dan ortiq mamlakatlarga tanitish ko'zda tutilgan.






