Lukashenko O’zbekistonning Birinchi Prezidentini xotirladi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʼlib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Аleksandr Lukashenko tashrif dasturi doirasida bugun Hazrati Xizr majmuasiga borib Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qoʼydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

P.S. Belarus rahbari kecha 15-sentabr kuni ShHT Bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda ShHT tarkibiga qo‘shilish istagini bildirgan edi.