Lukashenko: ShHT hamfikr davlatlarni birlashtiradi

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Sammitdagi nutqida qayd etilishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti teng huquqli va hurmatli muloqot uchun haqiqiy platforma beradi. Bundan tashqari ShHT hamfikr davlatlarni birlashtiradi.

Shuningdek, Belarus Yetakchisining ta’kidlashicha, 2010-yildan buyon Belarus tashkilotning maqsad va vazifalarini davlat vazifalari bilan solishtirish hamda o'zining imkoniyatlariga ishonch hosil qilish uchun yetarli vaqt olgan.

Bundan tashqari uninga ta’kidlashicha, tashkilotning 20 yillik tarixi davomida savdo va sarmoyani rivojlantirish uchun ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Belarus ham bu yo'nalishda ulkan salohiyatga ega.

Qayda etilishicha, nutqi davomida Lukashenko bank sektoriga yangicha qarashga chaqirgan. "Asossiz sanksiyalar, xalqaro hisob-kitoblardan uzilish milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushini oshirish, bank tizimidagi konvergensiya zarurligiga olib keladi", - deya ta’kidlagan Belarus Prezidenti.