Luvrda Rodolf Byurjening o‘zbek musiqachilari bilan birgalikdagi konserti bo’lib o’tadi

10-fevral kuni O’zbekiston madaniy va tarixiy merosining Luvrdagi ilk keng ko’lamli “O’zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo’llari chorrahasida” nomli ko’rgazmasining madaniy dasturi doirasida zamonaviy fransuz sahnasining yorqin afsonasi Rodolf Byurjening o‘zbek musiqachilari bilan birgalikdagi konsert tomoshasi bo’lib o’tadi.
Bu haqda O’zbekiston Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
Rodolf Byurje – ommabop fransiyalik san’at arbobi, bastakor, o‘zining musiqiy tajribalari bilan keng ixlosmandlarning katta olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Shunday tajriba-sinov asarlardan biri Markaziy Osiyo ohang va tovushlaridan ilhomlangan boʻlib, uning ijrosini mashhur xonanda uch nafar isteʼdodli oʻzbek sozandalari – Jamol Avezov (skripka va gʻijjak), Shuhrat Xolxo‘jayev (tambur va sato) va Maʼmur Zilolov (tor) jo‘rligida Luvrda taqdim etadi.






