«Luvrdagi ko'rgazma ikki ming yillik tarixni qamrab oldi» - Gayane Umerova

«Biz Luvrda O‘zbekistonning birinchi ko‘rgazmasi loyihasini amalga oshirish uchun Fransiya va O‘zbekistonning eng yaxshi mutaxassislarini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldik», - ma'lum qildi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova.
Shunigdek u, qariyb ikki ming yillik davrni qamrab olgan mazkur ko‘rgazma mamlakatimizning boy tarixi va merosini chet ellik tashrif buyuruvchilarga ochib berishini ta'kidladi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rgazma xalqaro madaniy almashinuvning asosiy shakli bo‘lib, u turli madaniyatlarning global kontekstdagi muloqoti va integratsiyasidir.
«Parijdagi ko‘rgazmalar Jamg‘armaning madaniyatimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha missiyasini yanada kengaytirishi, shuningdek, kelgusidagi ikki tomonlama hamkorligimiz uchun mustahkam poydevor yaratishi tabiiydir», - deya qayd etdi Gayane Umerova.






