«M-Faktor» loyihasi asoschisi Xasan Mamasaidov Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashning raisi etib saylandi

Joriy yilning 1-fevral kuni Xalq taʼlimi vazirligi huzurida tuzilgan Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi aʼzolarining yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Yigʼilish avvalida Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Jamoatchilik kengashning raisi etib DEKOS kompaniyasi, «M-faktor» loyihasi asoschisi Xasan Mamasaidov saylandi. Jamoatchilik kengashi kotibi A.Аvloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Аyubxon Radjiev boʼldi.
Yangi tarkibda ish boshlagan Kengash aʼzolari tomonidan taʼlimdagi muammolar qizgʼin muhokama etilgan holda, ularni hal etish boʼyicha yangi tizim va "Yoʼl xarita"sini yaratish taklifi ilgari surildi.
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov vazirlik huzurida tuzilgan Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi maktablarni rivojlantirish, oʼqituvchilar mavqeini oshirish, taʼlim sifatini oshirish, tizimga innovatsion loyihalarni tadbiq etishda Jamoatchilik vakillarining ahamiyatini qayd etdi.
Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi, doimiy ravishda Mustaqil ekspertlar klubini tashkil qilgan holda tizimda mavjud masalalarni taʼlim sohasiga befarq boʼlmagan fuqarolarni jalb etgan holda hal etishni taklif etdi.
Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibidan xususiy sektor vakillari, blogerlar, deputatlar va faol jamoat vakillari oʼrin olgan.






