Madaniyat sohasidagi loyihalar taqdimoti

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni madaniyat va ma'rifat sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Prezidentimizning 2020-yil 2-dekabrdagi qaroriga muvofiq joriy yilda O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida artisti haykali o'rnatilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Urganch shahrida Muhammad Al-Xorazmiy va uning atrofidagi xiyobonga bag'ishlangan yodgorlik o'rnatish loyihasi ham namoyish etildi.

Taqdimotda haykallar uchun joylar tanlab olindi, badiiy Akademiya tomonidan mazkur haykallarning eskizlari tanlov orqali ko'rib chiqildi.

Yangi loyihalar qatoriga yangi kutubxona qurilishi ham kiritildi. Taqdimot davomida 3 qavatli zamonaviy kutubxonaning yashil maydonga ega bo'lishi haqida ma'lumot berildi. Birinchi qavat san'at va axborot texnologiyalari, ikkinchi – tarixiy, filologiya adabiyoti va din haqidagi kitoblarni o'z ichiga oladi, uchinchi qavatda esa gumanitar fanlar bo'yicha adabiyotlar taqdim etiladi.

Davlatimiz rahbari kutubxonani qurishda shaharsozlikning eng ilg'or yutuqlarini qo'llash, tashrif buyuruvchilar uchun barcha shart-sharoitlarni hisobga olish zarurligini ta'kidladi.