Madaniyat sohasidagi ustoz va murabbiylar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi

2021-yil 27-sentyabr kuni Oʼzbek milliy akademik drama teatrida “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Madaniyat vazirligi tomonidan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda tizimda faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar, vazirlik ma’sul xodimlari ishtirok etdi.

Bayram munosabati bilan tadbirda ishtirok etgan barcha ustozlarga qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

Tadbir soʼngida ustozlar uchun Oʼzbek milliy akademik teatri jamoasi tomonidan “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyish etildi.