Madridda tezyurar elektr poezdlarini sotib olish bo'yicha muzokaralar

O'zbekiston elchixonasi Ispaniya sanoat, savdo va turizm vazirligida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ delegatsiyasi hamda Ispaniyaning "FIEM" kompaniyalari o'rtasida uchrashuv tashkil etdi. Tomonlar to'rtta tezyurar "Talgo-250" elektr poyezdlarini xarid qilish uchun imtiyozli kredit ajratish masalasini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida Ispaniya tomoniga "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va boshqa istiqbolli loyihalar taqdimoti o'tkazildi.
Shuningdek, Ispaniya tomoni ushbu yo'nalishdagi hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta'kidladi.






