21 nafar magistr Prezident davlat stipendiyasiga munosib topildi

Prezident stipendiyasi talabalarga 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.

2022/2023-oʻquv yilida magistratura bosqichi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga respublika oliy taʼlim muassasalarining 21 nafar talabasi tanlov komissiyasi qaroriga koʻra munosib deb topildi.

Shuningdek, sovrindor boʻlgan talabalarning ilmiy rahbarlari ham belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantiriladi.