Mahalliy korxonalar mahsulotlarini xorijda sertifikatlash xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

Yigʼilishda sanoat yarmarkalari faoliyati ham tubdan qayta koʼrib chiqishga koʼrsatma berildi.

Bunda:

tayyor mahsulotlarga xaridor topish bilan birga mahalliylashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar boʼyicha biznes-rejalar ham qilinadi;

loyihaga qiziqish bildirgan tadbirkorlar yarmarkaning oʼzida banklar bilan moliyalashtirish shartlarini kelishib oladi;

buyurtmachilar loyiha tashabbuskorlari bilan 3 yil muddatgacha kafolatli xarid shartnomalarini tuzadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga “Ekspomarkaz”ning 1 ta pavilonida doimiy ishlaydigan sanoat yarmarkasini tashkil etish, viloyat markazlarida, shuningdek, sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “shou-rumlari”ni ishga tushirish topshirildi.

Shu bilan birga, 1 apreldan:

yangi loyihalarning marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining yarmi;

mahalliy korxonalar mahsulotlarini xorijda sertifikatlash xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.