Mahalliy korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalari rivojlantirilmoqda

14-noyabr kuni «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar markazida tarmoqlar va hududlar sanoat korxonalari ishtirokida o‘tkaziladigan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochilishi bo'lib o'tdi.
Mazkur yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqamli transformasiya markazi hamkorligida tashkillashtirildi.
Yarmarkani Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo'djayev o’z nutqi bilan ochib berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yarmarkani tashkillashtirishdan asosiy maqsad nafaqat mahalliy korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, balki mamlakatimizda xaridorgir import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan investisiya loyihalari sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirishdir.
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi doirasida 21 ta tarmoq va 14 ta hududning jami 5 390 ta korxonasi tomonidan 11 896 turdagi mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.
Shunindek B2B va B2G formatdagi uchrashuvlarni o‘zida qamrab olgan yarmarka o‘zaro hamkorlikka chorlovchi shartnoma va memorandumlarni imzolashda qulay fursat yaratishi bilan ahamiyatliligi ta’kidlandi.
Eslatib o’tamiz, Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi joriy yilning 18- noyabriga qadar davom etadi.






