Mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish tartibi soddalashtiriladi

1 iyuldan birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilib, mahalliy tadbirkorlarning ishlab chiqargan mahsulotini ortiqcha hujjatlarsiz sotish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

eng yaxshi sotilgan tovarlar keyinchalik birjaning asosiy savdo maydonlariga joylashtiriladi;

tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi bilan bir vaqtda birjada ham hisobga olish tartibi joriy etiladi;

mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi;

soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotilgan yoki xarid qilingan tovarlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilmaydi.