Transport vaziri jamoat transportidan foydalanishni boshladi

«O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov jamoat transportidan foydalanadimi?» - ushbu savolga «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi raisi o‘rinbosari Abdujamil Azizov shunday javob berdi:
«Albatta, transport vaziri jamoat transportidan foydalanadi. Prezidentning yaqinda bergan ko‘rsatmalaridan so‘ng u ishga ketayotganda yoki keyin haftada to‘rt kun jamoat transportidan foydalanishini bilaman».






