Mahmut Аsmali: Bright Uzbekistan - Maqsadlari buyuk loyiha

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Turkiyaning “MÜSİAD” tadbirkorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan biznes-forum va B2B uchrashuvlar doirasida Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev hamda “MÜSİAD” tadbirkorlar uyushmasi Bosh raisi Mahmut Аsmali o’rtasida muzokaralar bo’lib o’tdi.
Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi hamda “MÜSİAD” tadbirkorlar uyushmasi rahbarlari o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida samarali muzokaralar olib borildi. An’anaga ko’ra, loyihamiz asoschisi Mahmut Аsmaliga Bright Uzbekistan loyihasi haqida batafsil ma’lumot berib, jurnalning ilk sonini taqdim etdi.
Suhbat davomida “MÜSİAD” tadbirkorlar uyushmasi Bosh raisi Bright Uzbekistan loyihasining faoliyati va ko’zlagan maqsadlarini yuqori baholab, loyihaga katta qiziqish bildirdi. Shuningdek Bosh rais “Bright Uzbekistan - Maqsadlari buyuk loyiha”,- deya qayd etdi va davomiy hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida fikrlarini bildirdi.
Qayd etish joizki, xalqaro loyihamiz asoschisi tomonidan Bright Uzbekistan jurnalining navbatdagi soni aynan Turkiya Respublikasiga bag’ishlanishi haqida ma’lum qilinganida, “MÜSİAD” uyushmasi Bosh raisi va uning hamrohlari bunga mamnuniyat bilan samimiy baho berdilar.






