Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlari uchun MDH mukofoti - to‘qqizinchi tanlov

“Mahsulot va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlar uchun MDHning 2023-yilgi mukofoti” uchun tanlov e’lon qilindi.

Mazkur tanlovning maqsadi yuqori sifatli tovar va xizmatlar eksportini rivojlantirish va rag‘batlantirish, shuningdek, MDH davlatlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar tashkilotlarida boshqaruvni yanada samarali yangi usullarini ko‘rib chiqishdan iborat.

Mukofot 250 kishigacha, 250 dan 1500 kishigacha, 1500 kishi va undan ko'p xodimlarga ega bo'lgan tashkilotlarga beriladi.

Shuningdek, mukofot to’rt yo’nalishda taqdim etiladi, bular:

sanoat maqsadlarida mahsulot ishlab chiqarish;
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish;
xizmatlar.
P.S. Musobaqa har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi.