Maktab taʼlimidagi islohotlarning borishi yuzasidan yigʼilish oʼtkazilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida maktab taʼlimidagi islohotlarning borishi yuzasidan tor doiradagi yigʼilish oʼtkazilmoqda. Unda Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyatining hisoboti va istiqboldagi rejalari koʼrib chiqilmoqda.
Kun tartibidan yangi avlod darsliklarini yaratish, Toshkent pedagogika universiteti faoliyatini qayta koʼrib chiqish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish masalalari ham oʼrin olgan.






