Maktabgacha ta'lim muassasalarida karantin cheklovlari o'rnatiladi

O'zbekiston hududidagi davlat bog'chalarida bayram tadbirlari oʼtkazilishi vaqtinchalik cheklanadi.

Ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yoʼl qoʼyilmaydi (zarur vaziyatlarda soʼnggi uch kunlik PZR testi va emlanganligi haqida sertifikati boʼlishi lozim).

Yigʼilishlar oʼtkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yigʼilishlar videokonferensiya shaklida o’tkaziladi.

Mazkur cheklovlarning buzilishiga yoʼl qoʼyilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qoʼllaniladi.