Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari 5 yil davomida bajarilgan ishlar to'g'risida hisobot berdi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Manzura Salimova ishtirok etdi.

Tadbir davomida maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari U.Begimqulov so'nggi besh yilda amalga oshirilgan ishlar va vazirlikning uzoq muddatli rejalari haqida so'zlab berdi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati a’zosi M.Salimova maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov sonini oshirish kabi qator masalalarga e’tibor qaratib, o‘z takliflarini bildirdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi pandemiyaning bugungi holatlariga qaramay, ta'lim sifatini oshirishga katta e'tibor qaratmoqda.