Maktabgacha va maktab taʼlimi vazriligiga tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident qarori bilan Usman Sharifxodjayev maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari lavozimiga, Temurjon Komilov maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Dilshod Kenjayev maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga;
Uzokboy Begimkulov maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga;
Аlisher Ubbiyev maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Baxodirjon Onorboev boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʼrinbosari lavozimidan;
Nodir Muslitdinov boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim vazirining oʼrinbosari lavozimidan;
Ibroxim Djurayev boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan xalq taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimidan;
Voxobjon Rajapov boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan xalq taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimidan ozod etildi.






