Maktablarda kuzgi ta'til 4-noyabrdan boshlanadi

2022-o’quv yilida maktab o’quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrda boshlanib, 6 kun davom etadi.
Shuningdek, 2022-o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi ta'til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta'til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta'til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.
Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
1-sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.






