Maktablarga bolalarni qabul qilish onlayn rejimida amalga oshiriladi

15-iyundan Respublika umumta'lim maktablari 1-sinfga qabul boshlamoqda, deya xabar beradi ta'lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova.

Ma'lum bo'lishicha, 1-sinfga Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning umumta'lim maktablariga qabul elektron shaklda eksperimental tekshiruv sifatida amalga oshiriladi. Jarayon 2 bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda ota-onalar 2021 yilning, 15 iyundan 5 iyulgacha bolalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro'yxatdan o'tkazadilar va ularning farzandlari 1 sinfiga borishi mumkin bo'lgan 3 ta maktabni tanlaydilar.

Ikkinchi bosqichda 2021 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya’ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar, bunda hujjatlarni topshirish to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishlari kafolatlanadi.

Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo‘lsa, ya’ni elektron ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi.