Malavida 5 yil ichidagi keskin poliomiyelit holati qayd etildi

Malavi sog'liqni saqlash idoralari poytaxt Lilongveda yosh bolada poliomiyelit kasalligini aniqlashdi. Bu Afrikada besh yildan ortiq vaqtdan buyon birinchi keskin poliomiyelit kasalligi holati qayd etilganidan darak beradi, deya xabar beradi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST).
JSST bayonotida aytilishicha, laboratoriya tahlillari Malavida aniqlangan shtamm endemik hisoblangan Pokistonda tarqalayotgan shtamm bilan bog'liqligini ko'rsatdi.
JSST bu holatni Pokistondan kirib kelgan deb taxmin qilmoqda.
"Dunyoning qolgan ikkita endemik davlati, Pokiston va Afg'onistondan tashqarida WPV1ning qayd etilishi jiddiy tashvish tug'diradi va poliomiyelitga qarshi emlash bo'yicha tadbirlarga ustuvor ahamiyat berish kerakligini ta'kidlaydi", dedi Poliomiyelitga Qarshi Global Tashabbus.
“Afrikada poliovirusning oxirgi holati 2016-yilda Nigeriya shimolida aniqlangan va 2021-yilda dunyo miqyosida atigi beshta holat qayd etilgan.
Poliomiyelit asab tizimiga kirib, bir necha soat ichida to'liq falajga olib kelishi mumkin bo'lgan juda yuqumli kasallikdir. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ta'kidlashicha, poliomiyelitga qarshi hech qanday davo yo'q, ammo emlash orqali uning oldini olish mumkin.






