Mamlakatimiz fuqarolari bayram kunlari 18 davlatga parvozlarni amalga oshirishi mumkin

O‘zbekiston transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ayni paytda 18 ta xorijiy mamlakat bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangan bo‘lib, haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvoz amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz fuqarolari bayram kunlari quyidagi xorijiy davlatlarga
aviaqatnovlar orqali safar qilishi mumkin:

Turkiya, 40 ta reys (Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul);

Qozog‘iston, 34 ta reys (Toshkent – Olma-ota, Samarqand – Olma-ota, Urganch-Oqtov, Nukus-Oqtov, Nukus-Oqto‘ba);

Rossiya, 22 ta reys (Toshkent – Moskva, Samarqand – Moskva, Samarqand – Sankt-Peterburg);

BAA, 16 ta reys (Toshkent – Dubay, Toshkent – Sharja);

Janubiy Koreya, 4 ta reys (Toshkent – Seul);

Tojikiston, 4 ta reys (Toshkent – Dushanbe);

Belarus, 4 ta reys (Toshkent – Minsk);

Qirg‘iziston, 3 ta reys (Toshkent – Bishkek);

Misr, 3 ta reys (Toshkent – Qohira, Toshkent – Sharm-al-Shayx);

Gruziya, 2 ta reys (Toshkent – Tbilisi);

Germaniya, 2 ta reys (Toshkent – Myunxen);

Hindiston, 2 ta reys (Toshkent – Dehli);

Quvayt, 2 ta reys (Toshkent – Al-Quvayt);

Latviya, 2 ta reys (Toshkent – Riga );

AQSH, 2 ta reys (Toshkent – Nyu-York);

Eron, 1 ta reys (Toshkent – Tehron);

Isroil, 1 ta reys (Toshkent – Tel-Aviv);

Saudiya Arabistoni, 1 ta reys (Toshkent – Ar-Riyod).

Parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.