Mamlakatimiz oltin xaridi bo’yicha ketma-ket beshinchi oy yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston va Turkiya markaziy banklari oltin xarid qilishda yetakchilik qilgan. Qayd etilishicha, O‘zbekiston oktabr oyida 8,7 tonna oltin xarid qilib, ketma-ket beshinchi oy yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.
Turkiya Markaziy banki esa o‘tgan oy 9 tonna oltin sotib olib, yil boshidan beri sof oltin xaridlarini 103 tonnaga oshirgan. Mamlakatning umumiy rasmiy oltin zaxirasi hozir 498 tonnani tashkil etadi.
Jahon Oltin Kengashi markaziy banklari iyul-sentabr oylari orasida valyuta zaxiralari uchun 399,3 tonna oltin sotib olgan edi. O‘zbekiston bu davrda 26 tonnalik xaridlar bo‘yicha Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Markaziy banklardan talab uchinchi chorakda o‘tgan yilga nisbatan 300%ga oshdi.
Jahon Oltin Kengashi ma'lumotlariga ko'ra, xabar qilingan xaridlar bilan bir qatorda, yashirin xaridlar haqida ham hisob-kitoblar mavjud. Bozor tahlilchilari Xitoyni asosiy anonim o‘yinchi sifatida ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston markaziy banklar orasida oltinning dunyodagi ikkinchi eng yirik xaridoriga aylanib, 65%lik zaxirasi bilan Venesueladan keyingi o‘rinda turibdi.






