Mamlakatimizda anomal issiqlik kuzatiladi

Joriy yilning 17-22-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari havo harorati keskin ko'tarilishi ma'lum qilindi.

Bu haqda O'zGidromet xabar berdi.

Unga ko'ra, keyingi hafta boshida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida harorat 44-47° gacha;

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45° gacha;

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-43° gacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol chang to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkinligi ham aytilgan.

Bu issiq havo to‘lqini davomli (5 kun) bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Toshkent viloyati, xususan, poytaxt Toshkent uchun ham +45 darajalik issiq harorat kutilmoqda.