Mamlakatimizda Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi o‘z faoliyatini boshladi

19 oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi Raisi Z.Nizamxodjayevning Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi rahbari Anisul Xak bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Missiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Ta’kidlanganidek, saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev o‘z so‘zida 14 oktabrdan mamlakatimizda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlangani va bu jarayon 20 oktabrning yakuniga qadar davom etishini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xalqaro kuzatuvchilar va OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni tugaganligi hamda shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashadigan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar soni mingga yaqinni tashkil etganligi ta’kidlandi.

Qayd etish joiz, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) saylovlarni kuzatish missiyasiga IHT Bosh kotibiyatining Xalqaro munosabatlar departamenti direktori Anisul Xak boshchilik qiladi.