Mamlakatimizda statistika portali ishga tushirildi

Davlat statistika qoʼmitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIАT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz Oʼzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi.
Ma’lum qilinishicha, portal rasmiy statistika maʼlumotlar yagona bazasini shakllantiradi hamda maʼlum bir davr boʼyicha maʼlumotlarni elektron formatlarda olish imkoniyatini taqdim etadi.
SIАT - rasmiy statistikani eʼlon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida soʼrovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi va bu esa, oʼz oʼrnida xalqaro tashkilotlar, jumladan, Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.






