Mamlakatimizda Turizm salohiyatini oshirish

2021 yil 5 noyabr kuni “Mamlakatimizda Turizm salohiyatini oshirish, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarning ijrosi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov so‘zga chiqib, mamlakatda COVID-19 pandemiyasiga qaramasdan, turizm industriyasini rivojlantirish, sohaga yuzaga kelgan muammolarning salbiy oqibatini kamatirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan va Hukumat darajasida bir qator choralar ko‘rilayotganini qayd etdi.
Dunyoda yuzagakelgan pandemiya oqibatida eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalar qatoridaligi hisobga olgan holda respublikada mazkur yo‘nalishda 260 ming ish o‘rinlari, 1400 ta turistik tashkilotlar va 1360 ta joylashtirish vositalari, 2 mln. 200 mingdan ortiq gid-tarjimonlar va turizmga yondosh sohalar faoliyatini saqlab qolish maqsadida sohadagi tadbirkolik sub’ektlariga ssuda, kredit, soliq imtiyozlari taqdim etildi, qo‘shimcha tarzda xorijiy sayyohlardan olinadigan turistik yig‘im yana 2023 yil 1 sentabrga qadar to‘xtatildi, grant va subsidiyalar taqdim qilinmoqda.
Turizm sohasini tiklash uchun olib borilgan amaliy ishlar natijasida joriy yilning 9 oyi davomida yurtimizga 1 mln. 200 ming (1 135 621) nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi va 273 mln. dollar miqdorida turizm xizmatlari eksport qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilda ayrim G‘arbiy Yevropa, Amerikava MDH davlatlaridan biz kutganimizdan ko‘proq sayyohlar tashrif buyurmoqda. Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya) davlatlardagi cheklovlar sababli prognoz qilingan ko‘satkichlardan kam miqdorda sayyoh keldi.






