Mamlakatimizda yangi raqamli bank faoliyati yo’lga qo’yiladi

Markaziy bank matbuot xizmati xabariga ko’ra, “Smart bank” AJga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida “Smart bank” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Bu bilan O‘zbekistonda tijorat banklari soni 32 taga yetdi.