Ma’muriy huquqbuzarliklar jarimalariga chegirma beriladi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Unga ko‘ra:
-huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;

-mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.