Markaziy bank O‘zbekistondagi “eng kiberxavfsiz bank” sifatida e’lon qilindi

"Kiberxavfsizlik markazi" DUK, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati 2022-yil 4-choragi yakuniy natijalari bo‘yicha reyting baholash o‘tkazildi.

Quyida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati bo‘yicha yuqori reytingli TOP-10 tashkilotlar ro’yxatini taqdim etamiz:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – 99 ball;
O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki – 98.7 ball;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 97.9 ball;
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki – 97.9 ball;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi – 96.7 ball;
"Asaka" aksiyadorlik tijorat banki – 95.6 ball;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi – 95.4 ball;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi – 95.3 ball;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati – 95 ball;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – 94.2 ball.